Rossiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev, Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Xorijiy davlatlar rahbarlari O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli xalqimizga tinchlik, taraqqqiyot va farovonlik tiladi.

Muloqotlar chog‘ida mamlakatda davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, ijtimoiy sohani isloh etish va iqtisodiyotni liberallashtirish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar O‘zbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishiga, aholi turmush darajasi va sifatining muttasil oshib borishiga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti nomiga ko‘plab davlat va hukumat rahbarlari, taniqli, siyosiy arboblardan qutlovlar kelmoqda:

– Xitoy raisi Si Szinpin;

– Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In;

– Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;

– Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;

– Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan;

– Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko;

– Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind;

– Indoneziya prezidenti Joko Vidodo;

– Rossiya Federal majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko;

– Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev;

– Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan;

– BAA bosh vazirining o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vaziri shayx Mansur bin Zayd an-Nahayon;

– BAA bosh vaziri o‘rinbosari shayx Sayf bin Zayd an-Nahayon;

– MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

– Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi raisi Tatyana Anodina;

– Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Petersen.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Translate »

WildWeb

Яндекс.Метрика
Top.Mail.Ru