Rossiyaning uch aviakompaniyasiga O‘zbekistonga ko‘proq uchish uchun ruxsat berildi

“Rosaviatsiya” bir qator aviakompaniyalarga Rossiya aeroportlaridan xorij shaharlariga ko‘proq uchish uchun ruxsatnomalar berdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Foto: Spot

Xususan, “Aeroflot” aviakompaniyasi Moskvadan Buxoroga haftasiga ikki marta uchish uchun ruxsat oldi.

Bundan tashqari, “Sibir” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga, “Ural avialiniyalari” esa Sochidan Toshkentga har kuni parvoz qilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya mutasaddilari ikki mamlakat o‘rtasidagi parvozlar sonini keskin oshirishga kelishib olgan edi.

Translate »

WildWeb

Яндекс.Метрика
Top.Mail.Ru