ShHT harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Chebarkul shahri poligonida ShHTga a’zo davlatlar qurolli kuchlarining “Tinchlik missiyasi-2018” harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Lapin ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

“Harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari 24-avgustdan 29-avgustga qadar davom etadi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan, Xitoy, Hindiston va Pokistondan 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi, 500 dan ortiq harbiy texnika, jumladan aviatsiya texnikasi ham ishtirok etadi”, — deydi rossiyalik harbiy mansabdor.

Lapinga ko‘ra, mazkur mashg‘ulotlarda O‘zbekiston vakillari kuzatuvchi maqomida qatnashadi.

Translate »

WildWeb

Яндекс.Метрика
Top.Mail.Ru